Bugun laparoskopiya usulini oʻzlashtirgan jarrohlarga talab tobora oʻsib boryapti. Har qanaqangi anʼanaviy jarrohlik operatsiyasi uchun tanani kesish zarur boʻlsa, laparoskopiya uchun hajmi 1 santimetr boʻlgan kovak yetarli boʻldi. Bu oʻzining kosmetik nuqtayi nazardan samarasidan tashqari operatsiya vaqtining qisqaligini, bemorning tezroq sogʻayishini ham taʼminlaydi. Albatta, bunda jarrohning yuqori professionalligi ahamiyatli.
Onlayn treninglarning imkoniyatidan kelib chiqib, har bir ishtirokchiga trening dasturi, spikerlar koʻtaradigan mavzular, shuningdek, trening davomida namoyish etiladigan real operatsiyalar tahlili imkoniyatlari taqdim etildi. Ishtirokchilar tarkibiga shifokorlar, jumladan abdominal, akusher-ginekologlar, urologlar ham kiritildi.
Ishtirokchilar soni boʻyicha Andijon viloyati peshqadamlik qildi. U yerdan 140 nafar, Qashqadaryodan esa 100 nafar shifokorlar ishtirok etdi.
Amaliy vebinar davomida laparoskopiya jarrohligi imkoniyatlari appenditsitlarda, grijada, urologik va boshqa koʻrsatmalar boʻyicha
oʻtkazildi.
Shubhasiz, ushbu treningdan tibbiyot mutaxassislari va shuningdek, ularning bemorlari olgan eng muhim narsa — bu professionallik darajasining oʻsishi va laparoskopiya jarrohligi sohasida zamonaviy xalqaro tajriba. Shuningdek, xalqaro treningning oʻtkazilishi shifokorlarga kasbi boʻyicha oʻqishiga sarf etgan soati hisobini yuritish imkonini beradi. Bu Oʻzbekistonda bosqichma-bosqich joriy etilayotgan shifokorlarni litsenziyalash kredit-modul tizimining muhim qismi sanaladi.
Bu boradagi Milliy palata rejasida Hududiy sogʻliqni saqlash tizimini qoʻllab-quvvatlash dasturini imkon qadar koʻproq shifokorlarni qamrab oladigan har xil yoʻnalishlarda amalga oshirish, va u shifokorlarni ilgʻor xalqaro tajribalarga qoʻshish, ularda zamonaviy usullarni oʻzlashtirish amaliy koʻnikmalarini shakllantirish ham nazarda tutilgan.
Seminarda roʻyxatdan oʻtgan mutaxassislar nafaqat qiziqib ishtirok etdilar, balki spikerlar bilan bitta kasbiy tilda soʻzlashib, faol savollar ham berdilar.
Oʻzbekistondan ishtirok etgan har bir ishtirokchi Turkiya tomoni va Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasidan tarkib topgan tashkilotchilarning sertifikatini oladi.
Amaliy vebinarni tashkil etishda Islom taraqqiyot banki koʻmagida Turkiya tomonidan TIKA agentligi, Istanbul Tibbiyot universiteti, Yevroosiyo sogʻliqni saqlash va ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot markazi vakillari ishtirok etdilar.
Shuni qoʻshimcha qilish lozimki, xalqaro treningda Oʻzbekiston shifokorlaridan tashqari Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Ozarbayjon vakillari ham ishtirok etdilar. Jami, 1 ming 300 nafar sogʻliqni saqlash tizimi mutaxassislari bilimlarini oshirishga muvaffaq boʻldi. Bunda son jihatidan Oʻzbekiston peshqadamlik qildi, deb xabar beradi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati.