Milliy terma jamoamiz a’zolari harbiylar o‘rtasidagi Jahon chempionatida tengsiz deb topildi

    Joriy yil 1-3-iyun kunlari Koreya Respublikasining Mungyong shahrida taekvondo WT bo‘yicha xarbiylar o‘rtasida 27-Jahon chempionati o‘tkazildi. Turnirda 20 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyurgan 300 sportchi g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

    Uch kun davom etgan musobaqada O‘zbekiston erkaklar va ayollar milliy terma jamoalari ham barcha vazn toifalarida to‘liq tarkibda ishtirok etdi.

    Quvonarlisi, musobaqa yakuniga ko‘ra, sportchilarimiz 6 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza, jami 12 ta medalni qo‘lga kiritdi.

    G‘olib va sovrindorlar:

    Oltin:

    Ulug‘bek Rashitov (68 kg)

    Jasurbek Jaysunov (80 kg)

    Shuxrat Salayev (87 kg)

    Nikita Rafalovich (+87 kg)

    Feruza Sodiqova (62 kg)

    Gulsanam Alijonova (73 kg).

    Kumush:

    Madina Mirabzalova (57 kg)

    Svetlana Osipova (+73 kg).

    Bronza:

    Samira Adashaliyeva (46 kg)

    Zuxra Tojimatova (49 kg)

    Marjona Primova (53 kg)

    Ozoda Sobirjonova (67 kg).

    Eng muhimi, erkaklar terma jamoamiz ham, ayollar terma jamoamiz ham musobaqada Eron, Koreya Respublikasi kabi kuchli mamlakatlar terma jamoalarini ortda qoldirib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.