Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanidagi “LITAI Textile Overseas” paxta-toʻqimachilik klasteri tomonidan umumiy qiymati 8 million AQSH dollarilik ikkita yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Shulardan biri paxta zavodi boʻlib, uni barpo etish uchun 4,2 million dollar sarmoya kiritildi. 

Paxta zavodining qayta ishlash quvvati 50 ming tonnani tashkil etadi. U ishga tushirilgach, 300 ta ish oʻrni yaratiladi. Bundan tashqari, qiymati 3,8 million dollarlik chigitni qayta ishlash zavodi ham bunyod etilyapti. Bu yerda 100 kishining bandligi taʼminlanishi koʻzda tutilgan. 

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning asosiy qismi eksport qilinishi rejalashtirilgan. Masalan, birgina yogʻ mahsulotlari eksport hajmi 5,5 million dollarga yetishi mumkin.