Mirzo Ulug‘bek tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi

    Keyingi avlod 17 Fevral 2022 2288

    Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi.

    Markazda aholi, tuman yoshlari hamda davlat boshqaruv organlari xodimlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining avvalo vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fanga keng jalb etish, ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirishga, kelajakda yetuk IT mutaxassislar yetishtirib chiqarishga qaratiladi va birinchi bosqichdagi barcha yoshlarga ta’lim bepul o‘qitiladi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.

    Kelgusida tuman yoshlari ushbu o‘quv markazlarida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, internetdan foydalanish hamda boshqa bir qator yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini oshiradilar. Shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsion ishlanmalarni yaratish, start-ap loyihalarni ishlab chiqishga jalb qilish ham mo‘ljallangan.