Mis mahsulotlari eksporti bajarildi

    Sanoat 3 Avgust 2020 3556

    Bu haqda “Olmaliq KMK” AJ axborot xizmati maʼlum qildi.

    Bugungi kundagi murakkab pandemiya sharoitiga qaramay, “Olmaliq KMK” AJ mehnat jamoasi ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz davom ettirib, yuqori koʻrsatkichlarga erishmoqda. Kombinat mehnat jamoasi tomonidan mis eksporti rejasi ortigʻi bilan bajarilgani eʼtirofga loyiq.

    2020-yil yanvar-iyul holatiga mis mahsulotlari eksporti rejasi 113,7%ga bajarilib, xorijiy xaridorlarga 55405 tonna mahsulot yetkazib berilgan.

    Kombinat mis katodlari asosan Turkiya va Xitoy davlatlariga eksport qilinmoqda.