Bugungi kunda, mittilik kasaliga chalingan 42 nafar fuqarolarga (shundan: erkaklar 17 nafar, ayollar 25 nafar) umumiy belgilangan pensiya yoshidan 15 yil oldin imtiyozli pensiya tayinlanib toʻlanmoqda.

Toshkent shahar – 9 ta, Buxoro viloyati – 7 ta, Namangan viloyati – 5 ta, Fargʻona viloyati – 5 ta, Andijon viloyati – 4 ta, Samarqand viloyati – 3 ta, Xorazm viloyati – 3 ta, Surxondaryo viloyati – 2 ta, Toshkent viloyati – 2 ta, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida – 1 ta.

Qonunning 7-modasida, umumiy asoslarda yoshga doir pensiya olish huquqiga erkaklar 60 yoshga toʻlganda ish staji kamida 25 yil va ayollar 55 yoshga toʻlganda ish staji kamida 20 yil boʻlgan taqdirda ega boʻlishi nazarda tutilgan.