Tadbirda moliya va sug‘urta sektori bo‘yicha bozor tadqiqot natijalari germaniyalik ekspert Nadin Voyan xonim tomonidan qishloq xo‘jaligi, moliya, bank va sug‘urta sohasi vakillariga taqdim etildi.

German Sparkassenstiftung tashkilotining moliya sektoriga bo‘lgan ishonchning joriy holati va so‘nggi 5 oy ichida O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlardan foydalanish masalalari bo‘yicha keng ko‘lamli va intensiv tayyorlangan bozor tadqiqot natijalariga ko‘ra, so‘nggi besh yil ichida aholi orasida kelajakka ishonch bilan qarash va optimistik munosabat shakllanganligi alohida qayd etildi.