Hujjat bilan 2022-yil 1-iyuldan boshlab:
- aeroportlar, yoʻl qurilish, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, issiqlik taʼminoti, neft mahsulotlarini sotish va boshqa sohalardagi korxonalarning davlat ulushlarini bosqichma-bosqich xususiy sektorga sotilishi;
- rangli metallarning parchalari va chiqindilarini sotib olish, qayta ishlash, sotish va tayyorlash faoliyati bilan xususiy sektor shugʻullanishi mumkinligi nazarda tutilmoqda.
Hujjat bilan 2022-2026-yillarda xususiy sektorni keng jalb qilish hamda eksklyuziv huquqlarni bekor qilish orqali mavjud monopoliyalarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash taklif qilinmoqda.
Xususan, reja davlat ulushlarini xususiylashtirish, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish yoʻli bilan bosqichma-bosqich xususiy sektorga oʻtkazishni oʻz ichiga oladi.
Roʻyxatda koʻrsatilgan faoliyat turlari bilan erkin shugʻullanishni taʼminlashga qaratilgan “Yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.