Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi Xalqaro Shodiyev jamgʻarmasi (ICF) bilan hamkorlikda tashkil etilgan aksiyada maʼlum qildi.
Ushbu loyiha oʻzbekistonliklar va ular bilan aloqada boʻlgan fuqarolar orasida infeksiya tarqalishining oldini olish, shuningdek, kasallikning ogʻir shakllari va fuqarolar oʻlimining oldini olish maqsadida tashkil etilgan.
Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi muhojirlarning roʻyxatini tuzadi va ularni tibbiy muassasalarga yuboradi hamda belgilangan manzillarga — yotoqxonalar va hostellarga joylashtiradi. ICF ushbu loyiha doirasida tibbiy xizmatlarni taqdim etish va sinov toʻplamlari hamda dori-darmonlarni sotib olishni moliyalashtiradi.
Sinovdan oʻtishni istagan migrantlar +7 925 957 56 46 raqamiga qoʻngʻiroq qilib ariza topshirishlari mumkin. Agar test natijasi musbat boʻlsa, muhojir karantinga olinadi va Rossiya Federatsiyasining sanitariya-epidemiologiya qoidalariga muvofiq davlat tibbiy muassasalarida tibbiy muolaja oladi. Agar zarur boʻlsa, bemorlarga huquqiy yordam koʻrsatiladi.
OʻRVI alomatlari boʻlgan va koronavirus uchun topshirilgan test salbiy natija koʻrsatgan boʻlsa, muhojir zarur davolash va dori-darmonlarni xususiy tartibda oladi. Infeksiya mavjudligi borasidagi natija salbiy, koronavirusga qarshi antitanalar esa musbat natijani koʻrsatganda, ishga qaytish uchun rasmiy tibbiy maʼlumotnoma beriladi.