Ushbu tamoyilga amal qilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumani hududida faoliyat yuritayotgan Prezident Xalq qabulxonasi, Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya va mudofaa boʻlinmlari hamda tibbiyot birlashmalaridan mutaxassis va xodimlardan iborat guruhlar tuzilib, joylarda kuchaytirilgan nazorat oʻrnatildi. Uzluksiz ravishda belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirib kelinyapti.

Xususan, kuni kecha 50 dan ziyod shaxsiy tarkib hamda qator maxsus texnika jalb etilgan holda tuman boʻylab keng qamrovli dezinfeksiya ishlari oʻtkazildi. Moʻynoq tumanining odamlar gavjum boʻlgan joylar – “Dexqon bozori”, 6 ta koʻp qavatli uylar, 5 ta koʻcha, 50 dan ortiq davlat va nodavlat idoralari obyektlari jami 10 tonnaga yaqin xlorli eritma maxsus toʻrtta “MAN” va “ISUZU” purkagichli avtomashinalar bilan dezinfeksiya qilindi.

Shu bilan bir qatorda, Prezident Xalq qabulxonasi hamda Favqulotda vaziyatlar boʻlimi xodimlari maxsus texnika va uskunalar yordamida aholiga karantin qoidalari haqida, ularga amal qilish boʻyicha keng tushinitirish ishlarini olib bordi.

Bu boradagi ishlar davom etmoqda.