Shartnomadan asosiy maqsad mualliflik va turdosh huquqlarni muhofaza qilish masalalarida hamkorlik qilish, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar ob'ektlariga hurmat, ularni huquqiy muhofaza qilishning muhimligini targ'ib qilish hamda aholi huquqiy madaniyatni shakllantirishdan iborat.

Hamkorlik doirasida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni huquqiy himoya qilishning ahamiyatini targ'ib qilish, ijod namunalariga nisbatan hurmat ruhini shakllantirish, intellektual mulk tizimini rivojlantirishning dolzarb masalalari bo'yicha qarorlar qabul qilishda ijtimoiy sheriklik imkoniyatlaridan samarali foydalanishga kelishib olindi.

Tomonlar intellektual mulk tizimini rivojlantirishning dolzarb masalalari bo'yicha qaror qabul qilishda mualliflik huquqi va turdosh huquqlar ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilishning muhimligini targ'ib qilish, ularga hurmatni shakllantirish, ijtimoiy sheriklik imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida qo'shma tadbirlarni tashkil etishga kelishishdi.

Mualliflik va turdosh huquqlarni samarali himoya qilishni yo'lga qo'yish uchun  metodik tavsiyalarni ishlab chiqish va nashr etish,  mualliflik va turdosh huquqlar buzilishining oldini olishga qaratilgan huquqiy,  iqtisodiy, tashkiliy-texnik va boshqa chora-tadbirlar tizimini takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlashga kelishildi, deb xabar beradi Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati.