Yigʻin doirasida Istambul shahrida boʻlib oʻtgan “Ruhi Sarıalp Atlamalar Kupası” turnirida qatnashgan hamyurtimiz Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport markazi sportchisi Qurolli Kuchlar xizmatchisi Safina Sadullayeva gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Balandlikka sakrash dasturida qatnashgan Sadullayeva startni 1.76 metr balandlikdan boshladi. Dastlabki urinishlarni qiyinchiliksiz zabt etgan sportchimiz bellashuvni 1.86 metr bilan tugatdi. Ushbu musobaqadagi gʻalaba yurtdoshimizga jahon reytingi uchun 1082 ochko taqdim qiladi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti