Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov videosidan foydalanilgan feyk xabar tarqalmoqda

    Rasmiy munosabatda bu xabar yolg'on ekani aytilib, odamlardan ogoh bo'lish so'ralmoqda.

    “Feysbuk” hamda “Telegram” ijtimoiy tarmoqlarida O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarovning videotasviriga maxsus dastur yordamida qayta ishlov berilgan feyk videoxabarlar tarqalmoqda. Bu haqda IIV Kiberxavsizlik markazi xabar qildi.

    Ma'lum qilinishicha, feyk xabarlarni virtual firibgarlik bilan shug'ullanib kelayotgan shaxslar tarqatmoqda. Unda mazkur “Telegram” kanalda pulga muhtoj insonlarga yordam beradi, deya ta'kidlanib, har bir O'zbekiston fuqarosiga 17 million so'm va'da qilinadi. Videoda muftiy Nuriddin Xoliqnazarovning intervyusiga rus tilida feyk ma'lumotlar montaj qilingan.

    Rasmiy munosabatda bu xabar yolg'on ekani aytilib, odamlardan ogoh bo'lish so'ralmoqda.