Eslatamiz, Ahmadaliyev oʻtgan yili yanvardan beri, oʻn ikkinchi raundda amerikalik Deniyel Romandan (28-3-1, 10 KO) belbogʻni tortib olganidan keyin ringa chiqmagan, deb xabar beradi Oʻzbekiston Boks federatsiyasi matbuot xizmati.

“Oʻtgan yili yanvarda men Denni Romanni magʻlubiyatga uchratib, WBA va IBF belbogʻlarini yutib oldim. Shundan keyin menda divizionning boshqa chempionlari bilan jang qilish imkoniyati paydo boʻldi, — dedi jangchimiz BoxingScene.com.ga intervyusida. — Va men yaqinlashib kelayotgan unifikatsiyani sabrsizlik bilan kutaman. Lekin men dastavval nomzodlar oldidagi majburiyatimni ado etishim kerak”.