Bu haqda WBA rasmiy saytiga tayanib xabar beradi bugun.uz.
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) chempion Murodjon Ahmadaliyev va uning majburiy raqibi Ronni Rios oʻrtasidagi jangni tashkillashtirish uchun 90 kun, 24-aprelga qadar muhlat berdi.
Matchroom Boxing jangni tashkil qilish huquqini 2021-yil 24-may kuni olgan. Biroq Covid-19 tufayli jang toʻxtatildi va Axmadaliyev 2021-yilning noyabrida Xose Velaskesga qarshi himoya jangini oʻtkazdi.