Bu haqda MOQ Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Quvonarlisi, ushbu bellashuvlarda hamyurtimiz Muattar Nabiyeva qozogʻistonlik 3 karra jahon chempioni Zulfiya Chinshanlo bilan kechgan keskin raqobatda ustun kelib, musobaqa gʻolibligini qoʻlga kiritdi.

 

Ayollar, -55 kg:

1. Muattar Nabiyeva (Oʻzbekiston) – 205 kg (95 kg + 110 kg)
2. Zulfiya Chinshanlo (Qozogʻiston) – 200 kg (85 kg + 115 kg)
3. Yoanna Lochovska (Polsha) – 185 kg (80 kg + 105 kg).

 

Shuningdek, -59 kg vazn toifasida ishtirok etgan 16 yoshli Nigora Abdullayeva ham kuchlilar qatorida munosib natija qayd etdi.

-59 kg:

1. Siaomin Luo (Xitoy) – 225 kg (100 kg + 125 kg)
2. Mariya Lobon (Kolumbiya) – 218 kg (97 kg + 121 kg)
3. Figueroa Yusleydis (Venesuela) – 214 kg (92 kg + 122 kg)
5. Nigora Abdullayeva (Oʻzbekiston) – 183 kg (83 kg + 100 kg).

Kechki dasturda yana bir hamyurtimiz Kumushxon Fayzullayeva -71 kilogramm vazn toifasida gʻoliblik uchun bahs olib boradi. Bahslar 20:00 da boshlanadi.