Masalan, tumandagi 7-sonli shahar shifoxonasi uchun 200 oʻrinli yangi bino qurish choʻzilib kelayapti. Yangi bino ishga tushsa, undan boʻshaydigan 4,7 gektarda xususiy sheriklik asosida koreyalik investorlar 160 million dollarlik 420 oʻrinli zamonaviy koʻp tarmoqli klinika qurish tashabbusini bergan.

Mutasaddilarga shahar shifoxonasi qurilishini jadallashtirishga koʻrsatma berildi.