Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, hatto butunlay muz bilan qoplangan sayyoralar ham yashashga yaroqli bo'lishi mumkin. Muz qatlami ostida tirik organizmlar evolyutsiyasi uchun mos issiq yer osti okeanlari bo'lishi mumkin.

Oldingi hisob-kitoblar 100 ta yulduz tizimidagi taxminan bitta sayyorada suyuq holatdagi suv mavjud bo'lishi mumkinligini ko'rsatdi. Yangi ma'lumotlar suv har bir yulduzda mavjud bo'lishi mumkinligidan dalolat  bermoqda.

Somon yo'li galaktikasida 100 milliardga yaqin yulduz bor, shuning uchun olimlarning hisob-kitoblariga ko'ra, Quyosh tizimidan tashqarida hayot mavjudligi ehtimoli yuqori, deb xabar beradi mir24.tv.