Myanma harbiylari dushanba kuni mamlakatda bir yilga favqulodda holat eʼlon qilinganligi haqida eʼlon qilgan. “Sinxua” agentligi xabariga koʻra, armiya telekanalida bu haqda tegishli eʼlon translyatsiya qilingan.

Undagi harbiylar maʼlumotiga koʻra, favqulodda holat joriy etish haqidagi qaror ular mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvchi deb eʼlon qilgan vitse-prezident Min Sve tomonidan imzolangan. Shuningdek xabarda mamlakatda hokimiyat Myanma qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni Min Aun Xlain qoʻliga oʻtishi ham eʼlon qilingan. Reuters agentligi xabariga koʻra, harbiylar parlament saylovida hujjatlar soxtalashtirilganligi tufayli bunday qarorga kelgan.

Avvalroq Reuters agentligi va Agence France Press (AFP) Myanmaning boshqaruv partiyasi “Demokratiya uchun milliy liga” (NLD) partiyasi matbuot-xodimi Myo Nint xabariga tayanib, dushanba ertalab Myanma prezidenti Vin Min va yana davlat maslahatchisi va respublika tashqi ishlar vaziri sanalgan NLD rahbari Aun San Su Chji qoʻlga olingani haqida xabar bergandi.

Nint NLDning boshqa yuqori mansabdagi vakillari ham “Qoʻlga olingani”ni, shuningdek, Aun San Su Chjining Myanma harbiylari tomonidan qoʻlga olingani haqida ham maʼlum qildi, deb xabar beradi TASS.