Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-iyundan yangi raqamli xizmatlar va servislar, qoida tariqasida, birinchi navbatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasida joriy etiladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi.
2024 yil yakunigacha:
Yagona portalda ko‘rsatilayotgan xizmatlar soni 700 taga, ularning avtomatlashganlik darajasi 65 foizga yetkaziladi;
Yagona portalda joriy etilgan raqamli xizmatlar va servislarning kamida 75 foizi mobil ilova orqali ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi.