BMTning Ijtimoiy va iqtisodiy masalalar departamenti (UNDESA) tomonidan BMTga aʼzo 193 davlat elektron hukumatining rivojlantirish holatini taqdim etuvchi “UN E-Government Survey”ning 2024-yilgi natijalari “Barqaror Rivojlanish uchun Raqamli Transformatsiyani kuchaytirish” nomi ostida eʼlon qilindi.
Avvalgi 2022-yil natijalariga koʻra, Oʻzbekiston mazkur reytingda 0,7265 qiymat bilan 69-oʻrinni egallagan boʻlsa, 2024-yilda 0,7999 indeks hisobiga 6 pogʻonaga yuqorilab, 63-oʻringa chiqdi.
Oʻz navbatida, ilk marotaba Oʻzbekiston baland elektron hukumatni rivojlantirish indeksi guruhidan (High EGDI) dan juda baland (Very High EGDI) guruhiga qoʻshildi.
Ushbu natija “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining maqsadli koʻrsatkichlarida 2025-yil uchun belgilangan 0,75 qiymatdan ham oshdi.