Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari tomonidan Urganch shahrining IT-park binosida hudud aholisi uchun Elektron hukumat faoliyati hamda elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.
O‘quv mashg‘uloti savol-javoblarga boy bo‘ldi. Yig‘ilganlar ortiqcha ovoragarchilikka barham beruvchi elektron davlat xizmatlariga katta qiziqish bildirishdi.
Ishtirokchilarga Yagona identifikasiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tish (OneID), elektron raqamli imzo olish, my.gov.uz xizmatlaridan foydalanish kabi jarayonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatib berildi.