Bu haqda Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Shu yilning 7-avgust kuni xalq deputatlari Mingbuloq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Unda deputatlar tomonidan Namangan viloyati hokimining Mansurov Ahror Ahmadaliyevichni Mingbuloq tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi qarorini bir ovozdan maʼqullanib, Mansurov Axror Axmadaliyevich Mingbuloq tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Mehnat faoliyati davomida u Namangan viloyat adliya boshqarmasida turli vazifalarda, Namangan viloyati hokimligining Axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi, guruh rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yetakchi inspektori, viloyat hokimining oʻrinbosari — Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi vazifalarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar u Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan.