Ta'lim maskani “Ravnaq qurilish ta'mir servis” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 10 milliard 462 million so'm mablag' evaziga barpo etildi.
Yangi maktabning 135 o'rinli faollar zali, 60 o'rinli oshxona, 14 ta sinf xonasi, 2 ta informatika, 2 ta ingliz tili, 2 ta rus tili, ma'naviyat, fizika, kimyo, biologiya, elektron kutubxona, logopet xonasi, o'quv zali, tibbiyot, tashqi sport maydoni, harbiy ta'lim xonalari taraqqiyot asri talablari darajasida jihozlangan.
Mazkur umumta'lim maktabini ochilish marosimida viloyat hokimining o'rinbosari G'ulomjon Murodxo'jaev, tuman hokimi Sadritdin Mo'minov, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i Rustamjon Isroilov hamda tuman sektor rahbarlari ishtirok etdilar, deya xabar bermoqda Namangan tuman hokimligi axborot xizmati.