2023-yil 15-fevral kuni Namangan tumanida joylashgan choʻyan quyish sexidagi parogenerator(avtoklav)da par bosimi ortib ketishi tufayli portlash sodir boʻlgan.

Oqibatda, ushbu sexda ishlayotgan 1 nafar ishchi tan jarohati olgan, 2 nafari hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Namangan tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.