Memorandumga koʻra, ikki viloyat oʻrtasida turizm sohasida axborot va tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish, turizm sektoriga oʻzaro investitsiyalarni jalb etish vazifalari belgilangan.

Bundan tashqari hamkorlik doirasida turizm mahsulotlari targʻiboti va marketingini amalga oshirish hamda kadrlar tayyorlashda oʻquv-seminarlari tashkil etiladi.

Belgilangan maqsadlarni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilishi kutilmoqda.