“Oʻzenergoinspeksiya” Namangan viloyat boshqarmasi va gaz taʼminoti korxonasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirida Toʻraqoʻrgʻon tumanida joylashgan “A.A.S.B” oilaviy korxonasiga qarashli oshxonada gaz taʼminoti bilan shartnoma tuzmasdan oʻzboshimchalik bilan tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra gaz taʼminoti korxonasiga 579,7 mln soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.
Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.