Rossiya federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridagi Gersen nomidagi davlat pedagogika universiteti mutaxassislari Aleksey Zatsepin hamda Marina Savchenko  ishtirokidagi uchrashuvda har bir tuman-shaharning rus tili fani metodistlari hamda fan oʻqituvchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Rossiyalik mutaxassislar bilan tuzilgan hamkorlik doirasida 3 oy davomida viloyatdagi maktablarda rus tili fani oʻqituvchilari bilan birgalikda fanni oʻrgatishda va oʻrganishdagi ilgʻor tajribalar oʻrtoqlashilib, metodik yordam koʻrsatish shuningdek, oʻqituvchilarning bilim darajasini aniqlab, shundan kelib chiqqan holda dekabr oyi soʻnggida maxsus oʻquv qoʻllanma ishlab chiqish koʻzda tutilgan.

Pedagog kadrlar bilimlarini boyitishga qaratilgan mazkur davlat dasturi mutaxassisliklar boʻyicha oʻn yil muddatga rejalashtirildi, deb xabar beradi Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati.