Loyiha meʼmori, turkiyalik mutaxassis Guray Kaymakning aytishicha, 4 qavatli kutubxonada bir paytning oʻzida 500 nafar kitobxonga xizmat koʻrsatiladi. Uni barpo etish jarayonida eng zamonaviy qurilish materiallari ishlatilmoqda.

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov Davlatobod tumanida barpo etilayotgan xalq kutubxonasi qurilishi bilan tanishdi.

Kutubxona 10 ming kitobga moʻljallangan, oʻqish zallari, kompyuter xonalari, qahvaxona, bolalar xonalari va favvoradan iborat boʻladi.

—Bu joy haqiqiy maʼnaviy-maʼrifiy maskanga aylanishi uchun barcha choralarni koʻramiz. Bu yerda ish boshlaydigan mutaxassislar Toshkentdagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida malaka oshirib kelishlari zarur, — dedi viloyat rahbari.

Mazkur kutubxona joriy yil Navroʻz bayramiga qadar foydalanishga topshirilishi koʻzda tutilgan.