Oʻtkazilgan tadbirlarda tumanning “Parasmon“ MFYda joylashgan “A. A. S. B.“ oilaviy korxonasiga qarashli umumiy ovqatlanish maskanida tabiiy gaz tarmogʻiga roʻyxatda boʻlmagan elektron gaz hisoblash uskunasi orqali oʻzboshimchalik bilan ulanib, tabiiy resursdan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlandi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qonunchilikda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilindi. Isteʼmolchi tomonidan 579 million 739 ming soʻmlik zarar yetkazilgani maʼlum boʻldi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi.