Mozorkoʻhna qishlogʻida yashovchi Ikromjon ota Abdusalomov oʻz hovlisini tajriba-sinov maydoniga aylantirgan. 

Nuroniy 40dan ziyod uzum navlarini parvarishlamoqda. Yetmish yoshni qarshi olayotgan izlanuvchan sohibkor saʼy-harakati bilan mahalliy, MDH davlatlaridan olib kelib oʻstirilayotgan ertapishar va serhosil navlar birin-ketin meva bermoqda.

Yaqinda uning “kolleksiyasi”dan kunchiqar mamlakat — Yaponiyadan yuborilgan yangi nav ham oʻrin oldi.

Abdulla G‘OZIEV.