Maʼlum boʻlishicha, “Man” rusumli yuk avtomashinasini boshqarayotgan haydovchi chorrahadan oʻtayotgan “Neksiya” rusumli avtomobil bilan toʻqnashuv sodir etgan. 

Toʻqnashuv natijasida yongʻin sodir boʻlib, “Neksiya” rusumli avtomobilda boʻlgan besh nafar yoʻlovchi va 42 yoshli haydovchi hodisa joyida yonib ketib vafot etgan. Qurbonlar orasida bir oilaning toʻrt aʼzosi hamda 7, 10 va 13 yoshli yosh bolalar ham boʻlgan.

Mazkur YTH yuzasidan Namangan viloyati IIB TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB matbuot xizmati.