Namangan tumanilik oʻquvchi bir oyda 5 million soʻm daromad topmoqda

    Keyingi avlod 30 Aprel 2021 1028

    Otabek Usmonov Namangan tumanidagi 16-umumtaʼlim maktabining 11-sinf bitiruvchisi. U oʻz oldiga katta maqsadlar qoʻygan, muddatidan avval Janubiy Koreyaning “Songvon” universiteti talabasiga aylandi.

    Koreys tilidan “Topic 2” darajali sertifikatga ega boʻlib, mazkur til bilan 3 yildan buyon muntazam shugʻullanadi. U oʻz atrofiga umumtaʼlim maskanidagi tengdoshlari, uka-singillarini jamlagan. Darsdan soʻng maktab direktori Anvarjon Mirzaliyev tomonidan ajratilgan xonada koreys tilidan qoʻshimcha saboqlar beradi.

    Ayni paytda oʻzining 9 nafar sinfdoshini ham OTMga kirish imtihonlariga tayyorlamoqda. Birgina maktabning oʻzida 50 dan ziyod oʻquvchi hamda mahalladoshlariga koreys tilini oʻrgatmoqda. Tinimsiz harakatlari, bilimi unga har oyda 5 mln. soʻm daromad keltirmoqda.

    Oʻz muxbirimiz.