Bugun yo'nalishlar va mutaxassisliklar kesimida laboratoriya markazlari bo'ylab uchrashuvlar tashkil etildi. Bizga yetib kelgan ma'mulotlarga ko'ra, universitetning Kimyo-texnologiya laboratoriya markazida magistrantlarimiz tajribalar o'tkazishdi, u yerdagi tengdoshlari bilan muloqotda bo'lishdi.
Shuningdek, universitet professor-o'qituvchilari bilan muloqot o'tkazilib, anjumanlar tashkil etish masalalari muhokama qilingan. Mezbonlar delegasiya tarkibidagi magistrantlarimizni kelasi yildan boshlab Gaziosmanpasha universitetida ishlash yoki universitetda doktorant sifatida ta'lim olishga taklif qilishdi, deb yozmoqda Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati.