Bu haqda AQSh kosmik agentligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, 2022-yil iyun oyida olingan so'nggi suratlarda krater bo'lmagan. Mazkur krater 24-avgustdagi suratda ko'rinib qolgan.

NASA mutaxassislari Yer tabiiy yo'ldoshi yuzasida diametri taxminan o'n metr bo'lgan yangi chuqurcha tabiiy ta'sirdan emas, balki Rossiya apparatining tushib ketishi oqibatida hosil bo'lgan degan xulosaga kelishdi.

Luna-25 sobiq Ittifoqdan keyin Oyga qo'nishga uringan birinchi rus fazoviy kemasidir.

20-avgust kuni Rossiya Federatsiyasi “Luna-25” Yer tabiiy yo'ldoshiga borib urilib, halokatga uchraganini ma'lum qildi, deb xabar beradi korrespondent.net.