Canoo kompaniyasining birinchi elektr minivenlari agentlik parkiga yetkazib berildi. Ular Artemis Oy dasturining kosmonavtlari uchun mo'ljallangan, deyiladi avtomobil ishlab chiqaruvchisi rasmiy saytida.

Florida shtatidagi Kennedi koinot markaziga uchta Canoo elektromobili yetkazib berildi. Ular 1983-yilda ishlab chiqarilgan va benzinda harakatlanadigan Airstream Astrovan furgonlar o'rnini bosishi ko'zda tutilgan. Elektromobillar astronavtlarni Kanaveral burnidagi 39B uchish maydoniga olib boradi.

Canoo miniveni uchta skafandrli astronavt va to'rtta ekipaj a'zosini sig'dira oladi. Elektromobil ichkarisida maxsus jihozlar uchun joy ajratilgan.

Elektromobil 80 kVt/soat quvvatga ega akkumulyator bilan jihozlangan, deb xabar beradi korrespondent.net.