NATO 2024-yil uchun fuqarolik va harbiy byudjetini oshirdi. Fuqarolik byudjeti 438,1 million yevroni, harbiy byudjeti esa 2,03 milliard yevroni tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 18,2 foizga va 12 foizga oshgan. Bu haqda 13-dekabr, chorshanba kuni NATO matbuot xizmati xabar berdi.

NATO Bosh kotibi o'rinbosari Mircha Joane ta'kidladiki, NATOning umumiy mablag'larini ko'paytirish va kengaytirish Alyans a'zolariga umumiy xavfsizlik muammolarini yanada samaraliroq hal qilish imkonini beradi.

NATOning fuqarolik byudjeti NATO xodimlari, shtab-kvartiraning operatsion va dastur xarajatlari, xalqaro xodimlari uchun mablag'larni ta'minlaydi. Harbiy byudjet NATO qo'mondonlik tuzilmasi shtab-kvartirasi, missiyalari va butun dunyo bo'ylab operatsiyalarining operatsion xarajatlarini qoplaydi.

NATOni birgalikda moliyalashtirishning uchinchi asosiy elementi, bu – NATO xavfsizlik investitsiya dasturi (NSIP) bo'lib, asosiy qurilish ishlari va qo'mondonlik va boshqaruv tizimlariga investitsiyalarni qamrab oladi. 2024-yil uchun NSIP chegarasi 1,3 milliard yevroni tashkil etadi, bu 2023-yilga nisbatan 30 foizga ko'pdir, deb xabar beradi korrespondent.net.