Rossiya va Qozogʻiston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 19-sentyabr kuni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ poyezdi 746 nafar yurtdoshlarimiz bilan “Lixaya” stansiyasidan Oʻzbekistonga joʻnagan edi.
Mazkur poyezd bugun Toshkent janubiy vokzaliga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.