Qarorga koʻra, Navoiy viloyatini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  • yalpi hududiy mahsulot hajmi yillik oʻrtacha 7,9 foizga, sanoat 7,8 foizga, bozor xizmatlari 15,6 foizga, qishloq xoʻjaligi 5,7 foizga oʻsishini taʼminlash;
  • viloyatni kambagʻallik va ishsizlikdan holi hududga aylantirish hamda aholi daromadlari barqaror oʻsishini taʼminlash, 4,5 ming nafar aholini mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish;

Karmana koʻchasini renovatsiya asosida milliy uslubdagi madaniy, turizm va xizmat koʻrsatish markaziga aylantirish maqsadida:

  • Qosim shayx xonaqohi va Mirsaid Bahrom tarixiy ziyoratgohlari restavratsiya qilingan holda oʻzaro bogʻlanadai;
  • “Yangi avlod” istirohat bogʻi va “Karmana dehqon bozori” bilan uygʻunlashtirgan holda “Qadimiy Karmana” turistik markazi (turistik markaz) tashkil qilinadi.