Navoiy viloyati hokimi va NKMK rahbari “Sogʻliqni saqlash aʼlochisi” boʻldi

    Voqea-hodisalar 3 Iyun 2023 1700

    Mukofotlarni vazir A.Inoyatov tantanali topshirdi.

    Sogʻliqni saqlash vazirligi Hayʼat yigʻilishida Navoiy viloyatida aholi salomatligini asrash, tibbiyot tizimini bugungi kun talablari darajasida rivojlantirish va soha muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlashdagi salmoqli hissasi uchun:

    Tursunov Normat Tulqunovich — Navoiy viloyati hokimi;

    Sanaqulov Quvondiq Sanaqulovich — Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori, senator “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

    Mukofotlarni vazir A.Inoyatov tantanali topshirdi.