Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Aniqlanishicha, viloyatda oxirgi oylarda chorva mollari oʻgʻirlanishi holatlari kuzatilgan. Ichki ishlar organlari oʻtkazgan tezkor tadbirlar natijasida Navbahor, Nurota, Xatirchi va Karmana tumanlarida faoliyat yuritgan jinoiy guruh fosh etildi.
Tergovda aniqlanishicha, guruh aʼzolari bir necha oy davomida 15 ta holatda fuqarolarning mollarini oʻgʻirlab, 100 million soʻmga yaqin moddiy zarar yetkazgan.
7–8-iyun kunlari navbatdagi oʻgʻirlikni amalga oshirish chogʻida yoʻl-patrul xizmati xodimlari tomonidan qoʻlga olingan shaxslar aybini toʻliq tan oldi. Oʻgʻirlangan mollarning asosiy qismi egalariga qaytarildi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ichki ishlar organlari aholini chorva mollarini qarovsiz qoldirmaslikka va ogoh boʻlishga chaqirdi.