Navoiy viloyatida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy tadbirlar tashkil etildi.

Sana munosabati bilan erta viloyat hokimligi, sektorlar rahbarlari, tashkilot, korxona va muassasalar xodimlari, ijodkorlar, maʼnaviyat va maʼrifat sohasi fidoyilari, talaba va oʻquvchi-yoshlar viloyat markazidagi istirohat bogʻida qad rostlagan buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qoʻyishdi.

Tadbirda taʼkidlanganidek, yurtimizda oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini tubdan oshirish, davlat tilini toʻlaqonli joriy etishni taʼminlashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Tadbirning badiiy qismi viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat markazida davom etdi