Markazlarning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi hamda mahalliy hokimliklar rahbar va xodimlari, tuman yoshlari va keng jamoatchilik vakillari ishirok etdi.

Mazkur “Raqamli texnologiyalar o‘quv markaz”lari Zarafshon shahridagi “Yoshlik” MFY hududida hamda Uchquduq tumani pochta aloqasi bo‘limining binolarida joylashgan bo‘lib, zarur texnologik vositalar, yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlangan.

Tashkil etilgan markazlarda hudud yoshlari uchun kompyuterdan samarali foydalanishdasturlash asoslari, kompyuter grafikasi va dizaynrobototexnikaveb dizayn asoslari, veb va mobil ilovalarni yaratish kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslari hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari xodimlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha o‘z bilim, malakalarini oshirib boradilar.

Ushbu markazlarning har birida yiliga 1000 nafardan ortiq yoshlarimizga va “temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlarga axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlarida zamonaviy bilimlar berilishi ko‘zda tutilgan.