Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida tumanning “Paxtakor” mahallasidan oqib oʻtuvchi Zarafshon daryosida Qiziltepa tumanida yashovchi fuqarolar I.M, A.Sh, A.N va boshqalar yuqorida koʻrsatilgan qoidaga zid ravishda elektr toki yordamida jami 632,4 mln. soʻmlik 399 dona, shundan 32 donasi “Zogʻora”, 26 donasi “Tovon”, 6 donasi “Doʻngpeshona”, 8 donasi “Oq amur”, 32 donasi “Laqqa”, 249 donasi “Samarqand loyxoʻragi” va 46 donasi Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan “Turkiston moʻylovdori” (usach) baliqlari ovlangan.
Yuqorida koʻrsatilgan qarorning 4-ilovasida elektr toki va zaharlovchi moddalarni qoʻllab baliq tutganlik uchun undiriladigan zarar summasi 10 baravar miqdorda hisoblanishi belgilangan.
Natijada, mazkur fuqarolar oʻzlarining ushbu ijtimoiy xavfli qilmishlari bilan tabiatga jami 6 mlrd. 324 mln. soʻm miqdorida zarar yetkazishgan.
Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilib, Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.