Navoiyda ikki advokatning noqonuniy faoliyatiga chek qoʻyildi

    Xavfsizlik 21 Sentabr 2022 1073

    “F.N.” 6 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

    Navoiy shahridagi advokatlar hayʼati advokati “H.Q.” mahalliy fuqaroga nisbatan ichki ishlar organlari tomonidan qoʻzgʻatilib, tergov qilinayotgan jinoyat ishini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 8 ming AQSH dollari talab qiladi.

    Advokat soʻralgan pul mablagʻidan 7500 AQSH dollarini olgan vaqtida DXXning Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi va IJQK Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida “H.Q.” 7500 AQSH dollaridan 1500 AQSH dollarini oʻzining ulushi sifatida olib, qolgan qismini hamkasbi - Navoiy shahridagi advokatlik firmasi advokati “F.N.”ga berishi kerakligi maʼlum boʻldi va tezkor tadbir davom ettirilib, “F.N.” 6 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan “H.Q.” va “F.N.”larga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.