Hazrat haykali poyiga gul qo'yilib, hurmat bajo keltirilganidan so'ng viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov so'zga chiqib, yig'ilganlarni va butun viloyat ahlini bugungi qutlug' bayram bilan tabrikladi.
Shundan so'ng olimlar, taniqli yozuvchi va shoirlar ona tilimizning rivoji, dunyoda o'zbek tili mavqeining ortib borayotgani haqida ma'ruzalar qildilar.
Tadbirda yosh ijodkorlar tomonidan Alisher Navoiy g'azallaridan namunalar o'qilishi kechaga yanada fayz bag'ishladi.
Navoiy viloyati hokimligi
axborot xizmati