Navoiyda tabiatga 606 million so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

    Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va vazirlikning Navoiy viloyati boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.

    Xatirchi tumanidagi Ko‘ksaroy soyining muhofaza hududidan qum-shag‘al qazib ketilayotgani aniqlangan. Buning oqibatida tabiatga 606,1 million so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

    Aybdorlarga chora ko‘rish va tabiatga yetkazilgan zararni undirish uchun hujjatlar tuman prokuraturasiga yuborilgan.