Belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda, xududdagi ishlarni bajarishdan avval, uning hududi – vaqtinchalik toʻsiqlar, markirovka lentalari va boshqa choralar yordamida aniq belgilangan. Soʻngra tuproqni ekologik jihatdan oʻrganish bosqichi amalga oshirildi.
Bu hududda Markaziy Osiyo toshbaqalarining qishlashi uchun mos chuqurchalar aniqlangan edi, shu munosabat bilan 2020-yilning oktabr-noyabr oylarida ekologlar tuproqning yuqori qatlamlarini sinchiklab ochib, qishlayotgan toshbaqalarni aniqlash boʻyicha qidiruv ishlarini olib bordilar.
Qidiruv natijasida topilgan 29 ta toshbaqa ekologlar va Davlat ekologiya qoʻmitasining viloyat hududiy boʻlimi bilan kelishilgan bayonnomaga asosan harorat rejimida nazorat qilinadigan inkubatorga koʻchirildi.
Ekologlar toshbaqalarni tabiiy sharoitga yanada koʻproq moslashtirish maqsadida loyiha maydonchasining shimoliy chegarasiga tutash, yaʼni ularning sobiq joylashgan joyiga yaqin joydagi mos hududni belgilash boʻyicha ishlarni amalga oshirdilar. Keyinchalik taklif etilayotgan hudud Ekologiya davlat qoʻmitasining hududiy vakolatxonasi bilan kelishish bosqichidan oʻtadi.
Oʻrta Osiyo toshbaqasining ushbu turi mart oyidan may oyigacha faol hayotda boʻlib, may oyining oxiridan boshlab ular chuqurchalarda uxlashayotgan boʻlishadi, shuning uchun toshbaqalar aynan chuqurchalardan qidirilgan. Xususan, 2020-yil iyun oyida birinchi tadqiqot ishlari davomida ushbu hududda hayvonlar topilmagan, chunki bu vaqt toshbaqalar uchun yozgi qish uyqusi davri hisoblanadi.
Toshbaqalar uyasining soni va zichligini aniqlashning asosiy usullaridan biri sifatida toshbaqalar chuqurlari qoʻllaniladi. Bunda har bir toshbaqa alohida hududda bir nechta chuqurchalar qazishi mumkinligi hisobga olinadi, shuning uchun baholashning bu usuli faqat taklif etilayotgan loyiha hududidagi toshbaqalar sonini taxminiy aniqlashga olib kelishi mumkin, lekin koʻpincha ortiqcha baholanadi.
Har bir loyiha uchun shunga oʻxshash tadqiqotlar amalga oshiriladi.