“Navoiyuran” davlat korxonasi ESG reytingini qoʻlga kiritdi

    Energetika 13 Aprel 2025 484

    “Navoiyuran” davlat korxonasi xalqaro reyting agentligi “Sustainable Fitch” reyting agentligi tomonidan ESG reytingi “3” darajasida, 55 ball koʻrsatkich bilan baholanganini mamnuniyat bilan maʼlum qiladi.

    Ushbu baho korxonaning masʼuliyatli boshqaruv, barqaror rivojlanish va ochiqlikka sodiqligini tasdiqlaydi.

    “Sustainable Fitch” reyting agentligi oʻz hisobotida “Navoiyuran” DKning barqarorlik strategiyasini bosqichma-bosqich joriy etayotgani, milliy va xalqaro meʼyorlarga qatʼiy amal qilayotganini ijobiy baholadi.

    Korxonaning ekologik siyosati, asosiy koʻrsatkichlarning oshkora eʼlon qilinishi hamda oxirgi yillarda ekologik hodisalarning qayd etilmagani va Radioaktiv chiqindilarni boshqarish Oʻzbekiston Respublikasining “Radiatsion xavfsizlik toʻgʻrisida”gi qonuniga toʻliq mos ravishda amalga oshirilishi, Sogʻliqni saqlash vazirligi nazorati ostida olib borilayotganligini alohida taʼkidlandi.

    Ijtimoiy yoʻnalishda esa “Navoiyuran” DKning ichki siyosatlari, ochiqlik darajasi va soʻnggi yillarda ijtimoiy hodisalar qayd etilmaganligi yuqori bahoga sazovor boʻldi. Bu esa korxona xodimlari uchun xavfsiz va teng huquqli mehnat sharoitlarini yaratishga boʻlgan eʼtiborini koʻrsatadi.

    Korporativ boshqaruvda kompaniya milliy va xalqaro amaliyotlarga amal qilishi, Kuzatuv kengashi raisining va Bosh direktor vakolatlari ajratilgani korxona boshqaruvida muvozanat va masʼuliyatni taʼminlashda ijobiy omil sifatida qaraldi.

    Mazkur ESG reyting, Yangi Oʻzbekiston barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishida “Navoiyuran” davlat korxonasi ham salmoqli hissa qoʻshayotgan ishonchli va barqaror kompaniyalar safidadan oʻrin egallayotganini belgilab beradi.


    “Navoiyuran” davlat korxonasi PR xizmati


    Hamkorlik materiali