"Navoiyuran" davlat korxonasi respublikada yana bir eng yuqori nufuzli xalqaro kredit reytingini qoʻlga kiritdi

    Sanoat 20 Iyun 2025 627

    Oʻtgan 2024-yilda korxona tomonidan mineral xom ashyo bazasining ishlab chiqarish hajmi va samaradorligini oshirish, tannarxini tushirish boʻyicha qilingan ishlar halqaro “Fitch Ratings” agentligi tomonidan munosib baholandi hamda "Navoiyuran" DKga uzoq muddatli defolt reytingi (Long term issuer default rating) BB- va yakkalangan kredit profili (Stand alone credit profile) BB-ekanligini belgilab berdi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyulidagi PQ-319 sonli qaroriga muvofiq, "Navoiyuran" davlat korxonasi oʻzini jahon moliya bozorlarida zamonaviy va barqaror kompaniya sifatida tanitish, investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida oʻz transformatsiyasini jadal davom ettirmoqda.

    Maʼlumot uchun, 2024-yilda noyabrida “Standard&Poorʼs Global Ratings” agentligi “Navoiyuran” DKga uzoq muddatli defolt reytingi (Long term issuer default rating) BB- va yakkalangan kredit profili (Stand alone credit profile) BB- bergan edi. "Navoiyuran" DK ushbu reyting bilan respublikamiz yirik sanoat davlat korxonalari oʻrtasida ikkinchi oʻrinni egallaganligini bildiradi.

    Jahon investorlari uchun muhim baholash manbai boʻlgan “Fitch Ratings” oʻz hisobotida «Navoiyuran« DK tomonidan olib borilgan geologiya-qidiruv ishlari natijadorligi oshgani, mineral xom ashyo bazasi oʻsgani va ishlab chiqarish harajatlari esa sohadagi nufuzli uran ishlab chiqaruvchi xorijiy kompaniyalarga nisbatan eng past ekanligi, uning transformatsiya jarayonlari muttasil davom ettirayotganligiga alohida eʼtibor qaratdi.

    Eʼtirof etish joizki, Buyuk Britaniyaning SRK Consulting kompaniyasi xulosasiga koʻra, korxona tasarrufida boʻlgan konlar uran zaxiralari Avstraliyaning JORC standartlariga muvofiq 115,6 ming tonnani tashkil etdi (oʻtgan yili mazkur koʻrsatkich 71 ming tonnani tashkil etgan edi).

    Shu bilan birga, "Navoiyuran" DKning 2024-yil moliyaviy hisobotlariga "Katta toʻrtlik" (BIG FOUR) safiga kiruvchi Deloitte xalqaro auditorlik tashkiloti tomonidan yana "ijobiy" auditorlik xulosasini berdi. Bunday xulosa 2022-2023-yillar uchun moliyaviy hisobotlariga ham berilgan edi.


    "Navoiyuran" DK PR xizmati


    Hamkorlik materiali